«Yoshlar va ilm-fan» — yosh tadqiqotchilarning fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlari natijalarini nashr etishga ixtisoslashgan, taqrizdan o‘tkaziladigan ko‘p tarmoqli ilmiy nashr. Jurnalda aniq va tabiiy fanlar, texnika va texnologiyalar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot hamda ta’lim yo‘nalishlaridagi ishlar yoritiladi.
Jurnalning asosiy maqsadi — yosh olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilar va talabalarning ilmiy-nazariy hamda amaliy tadqiqotlari natijalarini nashr etish va keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni ta’lim, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat.
Jurnal yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ular va tajribali olimlar o‘rtasidagi ilmiy muloqotni mustahkamlash hamda akademik yozish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.