Abstract
Maqolada kasbiy taʼlim taşkilotlarida fizikani öqitişda muammoli va tadqiqotga asoslangan taʼlim texnologiyalarini integratsiyalaşning nazariy-metodik imkoniyatlari tahlil etilgan. Muammoli vaziyatni tadqiqot savoliga aylantiriş, öquvçi tomonidan gipoteza ilgari suriş, özgaruvçilarni boşqariş va olingan natijalarni kasbiy vaziyatga tatbiq etiş ketma-ketligiga asoslangan mualliflik yondaşuvi taklif etiladi. Issiqlik izolyatsiyasi bilan boğliq namunaviy fizik topşiriq orqali integratsiya bosqiçlari, öqituvçi kömagi va öquvçining mustaqil harakatlari yoritilgan.
Keywords
kasbiy taʼlim, fizika, muammoli taʼlim, tadqiqotga asoslangan taʼlim, integratsiya, gipoteza, fizik eksperiment, kasbiy vaziyat, mustaqil izlaniş.