Abstract
Mazkur maqolada elektromobillar iştirokidagi yöl-transport hodisalarini avtotexnik ekspertizadan ötkazişda yuzaga keladigan ilmiy-uslubiy va huquqiy muammolar tahlil qilingan. Elektromobillarning konstruktiv va funksional xususiyatlari, xususan, batareya boşqaruv tizimi (BMS), raqamli maʼlumotlar almaşinuvi (CAN, LIN) hamda xavfsizlik tizimlari (ADAS)ning ekspertiza jarayoniga taʼsiri körsatib berilgan. Tadqiqot natijasida aniqlandiki, anʼanaviy avtotexnik ekspertiza metodikalari elektr transport vositalari uçun yetarli emas, çunki ular raqamli boşqaruv tizimlari va elektr xavfsizligi talablarini qamrab ololmaydi. Şu bois, maqolada elektromobillar uçun moslaştirilgan ekspertiza metodikasini işlab çiqiş, raqamli maʼlumotlarni autentifikatsiya qiliş tizimini joriy etiş, ekspert kadrlarning malakasini oşiriş hamda elektr xavfsizligi standartlarini takomillaştiriş böyiça amaliy tavsiyalar ilgari surilgan. Uşbu tadqiqot elektromobillar avtotexnik ekspertizasi sohasidagi ilmiy asoslarni yaratiş, sud amaliyotida raqamli dalillardan foydalaniş samaradorligini oşiriş va transport xavfsizligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Keywords
Avtotexnik ekspertiza, elektromobil, BMS, CAN-şina, ADAS, raqamli maʼlumot, elektr xavfsizligi, sud ekspertizasi, metodika, normativ baza.