Аннотация
Markaziy Osiyo hududida qadimdan istiqomat qilib kelayotgan xöja etnik guruhiga xos qadimgi aholi hayoti va ijtimoiy turmuşi faoliyatida tarixnavislik, tarixçilik, arxeologik, etnografik, tilşunoslik bilan teng qatorda köriladigan şajaraşunoslik haqida maʼlumotlar muhim dalillar asosida yoritib borildi. Qarindoşlik riştalari va munosabatlarining kişilik jamiyatida qadimdan muhim ahamiyatga ega bölganligi, ötmişda insoniyat tabiat şartlari oldida ojiz bölgan şaroitlarda kişilar qon-qarindoşlik asosida birgalaşib hayot keçirganlari, bir-birlari töğrisida ğamxörlik qilganlari ilmiy-ijtimoiy, maʼnaviy-madaniy jihatdan talqin qilindi va ilmiy-ommabop uslubda örganildi. Qarindoşlikka ham axloqiy-maʼnaviy, ham huquqiy tamoyil sifatida amal qilib kelingan omillar, qadimda odat huquqi va din huquqi tamoillariga asosan bir neça holatlar böyiça huquqiy-meʼyoriy hujjatlar berildi. Meros va vorislik masalalari, nikoh tuzişda hisobga olinişi lozim bölgan çeklovlar tizimi, kişilarni bir-biriga nisbatan ğamxörligi va özaro huquq hamda majburiyatlarini belgilovçi omillar tizimli körsatiib ötildi. Markaziy Osiyo xöjalari tarixi, jumladan, şajarasi haqida mulohaza va tafsilotlar dalil va asosga ega bölişi, holat va voqealar tarixan töğri yoritilişi muhim masalalardan biri hisoblanişi ilmiy tadqiq etildi. Şajaraşunoslik va toponimlarga oid baʼzi masalalar ham tanqidiy örganildi va tahlil qilindi.
Ключевые слова
qonun, şajara, geneologiya, meros va vorislik, kodeks, DNK maʼlumotlari, “Janubiy Qozoğiston” viloyat gazetasi